Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2020 yilga qadar 164 lokomotivni qayta tiklaydi
"O‘zbekiston temir yo‘llari» aksionerlik jamiyatining “O‘ztemiryo‘lmashta'mir” unitar korxonasi 2020 yilga qadar 164 lokomotivni qayta tiklaydi
2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni strukturaviy qayta tashkil etish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlash chora-tadbirlari dasturida loyihaning moliyaviy manbalari belgilangan. Unga ko‘ra, ta'mir ishlari unitar korxonaning 66,1 mln dollarlik mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot vazirligi va davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning birinchi yarimyilligida “O‘ztemiryo‘lmashta'mir” UKda 25ta lokomativni kapital qayta tiklash-ta'mirlash ishlari olib borildi.