O‘zbekiston | 16:41 / 21.08.2015
2856
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi ta'minlanadi

Bugun Tarix muzeyida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustidagi 232-raqamli “Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalini yanada takomillashtirish, ochiq ma'lumotlar taqdim etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumaniga yig‘ilgan jurnalistlar portal faoliyatini takomillashtirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddi xodimlarga murojaat qilishdi. Tadbir ishtirokchilari portalning faoliyati, uning ko‘rsatayotgan xizmatlari, shuningdek, yuqorida tilga olingan qarorda belgilab berilgan portal ishini takomillashtirish borasidagi galdagi vazifalar haqida batafsil ma'lumot bilan tanishtirildi.

Tadbirda davlat hokimiyati organlari haqidagi ochiq ma'lumotlarning portalda joylab borilishining jamoatchilik nazoratini ta'minlashdagi ahamiyati haqida gapirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish