Jahon | 09:00 / 21.08.2015
4148
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Rossiyaning xatti-harakatlarini “ziddiyatli” deb atadi

Pentagon rahbari Eshton Karterning fikricha, Rossiyaning xatti-harakatlari “ko‘p jihatdan ziddiyatli”dir.
“Rossiya yadroviy qurolining hajmi tufayli AQShning mavjudligiga jiddiy tahdid solmoqda, ammo bu yangilik emas”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Uning aytishicha, Vashington bu hisobga olib ish yuritishi lozim. Shu bilan birga, ikki davlat hamkorlik qiladigan sohalar mavjud, bular terrorchilikka qarshi kurash, KXDR va Eron bilan munosabatlardir.

Bunga javoban Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva unga qarshi salbiy kayfiyatlar sun'iy ravishda shakllantirilayotganidan xabari borligini va Vashingtonning bunday bayonotlariga “o‘rganib qolgan”ini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish