12:23 / 21.08.2015
2821

Qirg‘izistondagi saylovlarning tinch o‘tishini 16 ming militsiyachi va ko‘nglli ta'minlaydi

Shu yilning 4 oktabrida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida xavfsizlikni ta'minlash ishiga 16 mingdan ortiq militsiyachi va ko‘ngillilar jalb qilinadi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.

2 288 saylov uchastkalarida tinch-totuvlikni qo‘riqlash uchun 9 ming militsiya xodimi va 8 ming ko‘ngilli jalb qilinadi. Huquq-tartibot organlarining butun tarkibi 1-6 oktabr kunlari yuqori tayyorgarlik holatiga o‘tkaziladi.

Top