18:15 / 21.08.2015
3915

Qozog‘iston tengesi kunduzgi birja savdolari chog‘ida 5,2 foizga mustahkamlandi

Qozog‘iston fond birjasi(KASE)dagi kunduzgi dollar savdolari 1 AQSh dollari 239,3 tenge narxda yakuniga yetdi. Bu ertalabki savdolardagi o‘rtacha kursdan 5,2 foiz ko‘p demakdir.

KASE ma'lumotlariga ko‘ra, kunduzgi savdolarda spot-bozorda valyuta bozorining 20 a'zosi ishtirok etdi. Oxirgi kelishuv 65 mln dollar hajmidagi savdolarda 1 dollar uchun 239,30 tenge bahosi bo‘yicha yakuniga yetdi.

“Eng yaxshi kotirovka sessiya yakunida qayd etildi – 1 dollar uchun 239,50/239,90 tenge”, deyiladi press-relizda.

Top