Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sentyabr-oktabr oylarida issiq suv ta'minoti o‘chiriladi
7 sentabrdan 23 oktabrga qadar Toshkent shahridagi issiqlik markazlari faoliyatini rejali 5 kunlik kuzgi to‘xtatish rejalashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar 5 kun davomida issiq suv bilan ta'minlanmaydi. Bu haqda “Toshissiqlikenergo” ishlab chiqarish birlashmasi “Toshkent oqshomi” gazetasida e'lon qilgan.
Issiq suvning o‘chirilish grafigi
«Shimoli-Sharqiy» IM-1 — 19-23 oktabr
«Qorasuv» IM-2 — 7-11 sentabr
«G‘arbiy» IM-3 — 14-18 sentabr
«Shimoliy» IM-4 — 7-11 sentabr
«Chilonzor» IM-5 — 12-16 oktabr
«Janubi-G‘arbiy» IM-6 — 7-11 sentabr
«Aviasozlar» IM-7 — 14-18 sentabr
«Sirg‘ali» IM-8 — 12-16 oktabr
«Yangi-Chilonzor» IM-9 — 12-16 oktabr
«Shimoli-G‘arbiy» IM-10 — 7-11 sentabr
«Suvsoz» qozonxonasi— 14-18 sentabr
«Sanoatenergo»qozonxonasi— 14-18 sentabr
ToshIEM — 5-9 oktabr
Issiqlik tarmoqlari sinovi
4 dan 29 sentabrgacha shahar tumanlarida issiq suv ta'minoti uzilmagan holda issiqlik tarmoqlarining mexanik pishiqligi va mustahkamligi (bosim ortishiga) bir kun davomida sinovdan o‘tkaziladi.