Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti navbatdan tashqari saylov 1 noyabr kuni o‘tkazilishini ma'lum qildi
Turkiyada navbatdan tashqari parlament saylovlari 2015 yilning 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Reyter nashri mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga asoslanib, xabar bergan.
Prezidentning aytishicha, keyingi haftaning boshida amaldagi bosh vazir Ahmet Davuto‘g‘lu vaqtinchalik hukumatni shakllantirishni boshlaydi.
Qayd etib o‘tamiz, Adolat va Taraqqiyot partiyasi Milliy harakat partiyasi bilan koalitsion hukumat tuzishga erisha olmadi.
Bundan oldinroq, Erdo‘g‘an mavjud vaziyatni faqat navbatdan tashqari saylov orqali hal qilish mumkinligi haqida bayonot bergandi.