Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:12 / 21.08.2015
3036
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina tashqi qarzining 25-30 foizidan kechilishiga umid qilmoqda
Ukraina iqtisodiyoti og‘ir ahvolda emas, mamlakat mutasaddilari tashqi qarzning 25-30 foizidan voz kechilishiga umid qilmoqda. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Savchenko Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Shuningdek Savchenko mamlakatdagi vaziyatga baho berdi.
“Ukraina urushni to‘xtatish zarurligini tushunadi. Shu bilan birga, muzlatib qo‘yilgan ixtilofdan hech kim manfaatdor emas. Ukrainaga urushning har bir kuni 5 mln dollarga tushmoqda”, – dedi u, Donbassdagi vaziyatga munosabat bildirarkan.