07:03 / 21.08.2015
3096

Xitoy yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati vaqtida Twitter va Facebook’ga kirish uchun ruxsat beradi

Xitoy hukumati Pekinda bo‘lib o‘tadigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati paytida Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga hamda Google qidiruv tizimiga kirishga ruxsat beradi, deb Xalqaro yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Essar Gabrielga iqtibos keltirgan holda “R-Sport” nashri ma'lum qildi.

Jahon chempionati Pekinda 22-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Xitoyda Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlariga kirish 2009 yilda Sintszyan-Uyg‘ur muxtor okrugida yuz bergan tartibsizliklar sababli to‘sib qo‘yilgan edi. Bundan tashqari, Xitoy aholisiga YouTube va Google internet-servislariga kirish ham man qilib qo‘yilgan.

Top