Jahon | 21:21 / 21.08.2015
2833
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya janubidagi Sakuradzima vulqonidan 400 metrli kul ustuni otildi

21 avgust kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Kagosima (Kyusyu oroli) prefekturasida joylashgan Sakuradzima vulqonidan 400 metr balandlikka teng kul ustuni otilib chiqdi. Bu haqda Yaponiya Meteorologiya boshqarmasi xabar qildi.

Hozircha meteorologlar besh balli shkala bo‘yicha “to‘rtinchi” bosqichda bo‘lgan vulqon otilishining xavf darajasini ko‘tarishmadi. Kul otilishining havo qatnoviga ta'siri haqida ham aniq xabar berilmagan.

So‘nggi hafta ichida Sakuradzima atrofida 1 mingdan ortiq vulqonli zilzilalar qayd etildi. 19 avgust kuni kichik otilish yuz berdi. Yaponiyalik mutaxassislar vulqon gazi otilishlarining keskin qisqarganini qayd etmoqda. Bu holat krater deyarli butunlay to‘silib qolgani va uning ichida bois o‘sayotganidan dalolat beradi. Shu tariqa, kuchli otilish xavfi ortmoqda.

Sakuradzima yaqinidagi aholi punktlarining fuqarolari uchun maxsus boshpanalar tayyorlandi, jami bo‘lib bu hududda qariyb 4,3 ming odam yashaydi.

Ma'lumot uchun, Sakuradzima vulqoni Yaponiyadagi faol vulqonlardan biri hisoblanadi. Bu vulqon har yili bir marta o‘zini eslatib turadi. Vulqonning eng kuchli harakati 1914 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 35 kishi vulqon qurboniga aylangandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish