Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Maklaren” jamoasi poygachilari Belgiya Gran-prisi startida 55 pozitsiya yo‘qotish bilan jazolanishdi
“Formula-1” avtopoygasida ishtirok etuvchi “Maklaren” jamoasi poygachilari Fernando Alonso va Jyenson Batton Belgiya Gran-prisi startidagi musobaqa jadvalida umumiy hisobda 55 pozitsiya yo‘qotish bilan jazolanishdi. Bu haqda avtopoyganing rasmiy saytida ma'lum qilindi.
“Maklaren” vakillari 30ta pozitsiyaga jarimaga tortilgan Alonso va 25ta pozitsiyaga jazolangan Batton poygalarni start maydonining so‘nggi chizig‘idan boshlashlariga kelishib olishdi.
Poygachilar bolidlaridagi kuch qurilmalari va boshqa butlovchi qismlarni o‘zgartirganlari uchun jazolandi. Qoidalarga ko‘ra, bir mavsumda jarimaga tortilmasdan dvigatel va boshqa detallarni 5 martadan ko‘p bo‘lmagan marotaba almashtirish mumkin, Alonso va Batton uchun esa yangi o‘rnatilgan dvigatellar yettinchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, poygachilar bolidlariga yangi turbokompressorlar o‘rnatildi, Alonso bolidida esa elektron boshqaruv bloki ham o‘zgartirildi.
Qoidaga ko‘ra, agar poygachi katta jarimaga tortilgan bo‘lsa va u start jadvalidagi pozitsiyalarining yo‘qotishlari hisobiga uni to‘liq qoplay olmasa, unda unga poyga davomida sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.
“Formula-1”ning joriy mavsumida 20 nafar poygachi ishtirok etmoqda. Joriy mavsumda Alonso shaxsiy hisobda 11 ochko jamg‘argan holda poyga jadvalida 14-o‘rinni, Batton esa 6 ochko bilan 17-o‘rinni egallamoqda. Belgiya Gran-prisi 23 avgustda bo‘lib o‘tadi.