18:37 / 22.08.2015
13369

Amerikalik musulmonlar prezidentlikka nomzoddan uzr so‘rashni talab qilmoqda

Amerika musulmonlarining yirik tashkilotlaridan biri — Amerika-islom munosabatlari bo‘yicha kengash AQSh prezidentligiga nomzod, Viskonsin shtati gubernatori Skott Uokerdan uzr so‘rashni talab qilib chiqdi, deyiladi Reuters xabarida.

Uoker o‘z so‘zida dunyoda faqatgina bir hovuch aqllilar bor, islomga ergashuvchilar esa o‘rtamiyonalar, deb aytib o‘tgan.

Kengash vakili Robert Makkoning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlikka nomzod uchun yarashmaydigan mazkur mulohaza o‘zida “islom va musulmonlarga nisbatan tushunmovchilikni aks ettiradi”.

Top