Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blatter Shveytsariyada futbol musobaqasida sovg‘aga sigir oldi
FIFA prezidenti Yozef Blatterga Shveytsariyaning Ulrixen qishlog‘ida har yili o‘tkaziladigan futbol musobaqasi o‘z nihoyasiga yetgandan keyin Kolombo laqabli sigir sovg‘a qilindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Futbol musobaqasi 18 marotaba bo‘lib o‘tdi.
Bu qishloqda Blatterning ota-bobolari yashab o‘tgan. Blatter sigirni ola turib, “kichik Kolombo”larni ko‘rish uchun sigirni o‘zida saqlab qolishini aytib hazillashdi.
Bu yilga musobaqaga Blatter UYeFA prezidenti Mishel Platinini ham taklif etgan edi, biroq u taklifni rad etdi.