07:56 / 22.08.2015
3464

BMT Bosh kotibi Pxenyan va Seulni mojaroning avj olishidan qochishga va suhbatlashuv o‘tkazishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Shimoliy Koreya va Janubiy Koreyani mintaqadagi vaziyatning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda bosh kotib devoxonasi vakili Eri Kaneko jurnalistlarga ma'lum qildi.

“Bosh kotib Koreya yarimorolida siyosiy taranglikning o‘sib borayotgani haqidagi xabarlarni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. U tomonlarni vaziyatni yanada murakkablashtiradigan har qanday harakatlardan qochishni hamda taranglikni pasaytirishga qaratilgan suhbatlashuv o‘tkazishni boshlashga hamda tinchlik va barqarorlikka intilishga chaqirdi”, deb aytdi Kaneko.

Koreya yarimorolidagi vaziyatning jiddiy keskinlashishi 20 avgust kuni Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan hududning g‘arbiy qismida o‘zaro otishmalar bilan almashgandan keyin yuz berdi. Janubiy Koreya ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi bo‘lib Shimoliy Koreya otishma boshlagan. Otishmadan maqsad Seul tomonidan Pxenyanga qarshi tashviqot tadbirida ishlatilgan ovoz karnaylarini nishonga olish bo‘lgan. Shimoliy Koreya esa o‘z navbatida birinchi bo‘lib otishma sodir etganini inkor etmoqda.

Top