02:32 / 22.08.2015
7906

Bokschi Roy Jons Putin bilan nima uchun uchrashganini ma'lum qildi

AQShlik mashhur bokschi Roy Jons Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sevastopolda uchrashgani sabablarini ma'lum qildi

Sportchi Putin bilan uchrashishga AQShni yaxshi ko‘rishi uchun rozi bo‘lgani va Moskva hamda Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga qo‘lidan kelganicha harakat qilayotganini ma'lum qilgan.

“Men Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar oxirgi vaqtda keskin tus olganini bilaman. Boks bizning davlatlarimizni yaqinlashtirishga qodir”, deb aytdi bokschi.   

Putin Jonsga Rossiya  fuqaroligini olishiga va'da bergan edi.

Shundan so‘ng Roy Jons Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirdi.

Top