01:55 / 22.08.2015
2917

Brent neftining narxi 45,1 dollargacha tushib ketdi

Brent neftining oktabr oyiga yetkazib berilishi bo‘yicha fyuchers shartnomasi narxi Londondagi ICE birjasida 3 foizga tushib ketib, bir barreli uchun 45,1 dollarni tashkil qildi hamda 2009 yilning martidan boshlab minimal ko‘rsatkichni qayd qildi.

Arzonlashayotgan neft ortida Moskva birjasida dollarning kursi 69 rublga yetdi, yevro kursi 78 rubldan oshib ketdi. Shu tariqa, 21 avgust kuni dollar narxi 1,12 rublga oshib, 69,07 rublni tashkil qildi, yevro kursi 2,11 rublga oshib, 78,49 rublni tashkil qildi.

WTI turidagi neft Nyu-York xom ashyo birjasida 21 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 13:00da bir barreli uchun 40 dollarga tushib ketdi. Bir soat o‘tib 39,97 dollarga, ya'ni savdolar boshidan 1,35 dollar yoki 3,2 foizga – oxirgi 6 yil ichidagi eng past darajaga tushib ketdi.

Salbiy dinamika 8 haftadan beri saqlanib qolmoqda, bu 1986 yildan beri kuzatilgan eng uzoq davr bo‘lmoqda.

Neft narxiga AQShda neft zaxirasining keragidan ko‘pligi va OPeK davlatlarida neft qazib olishning rekord darajada saqlanib qolayotgani ta'sir qilmoqda.

Top