Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:47 / 22.08.2015
6232
1 daqiqa o‘qiladi
Eron “Yer-yer” rusumidagi yangi raketani namoyish etdi
Shanba, 22 avgust kuni Eron “Yer-yer” rusumidagi yangi raketani namoyish etdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Mazkur raketa 500 kilometr radiusda maqsadni yuqori aniqlikda bartaraf eta oladi.
Rasmiy Tehronning ma'lum qilishicha, ushbu turdagi qurol tinchlik va samarali muzokaralar garovi hisoblanadi.
Eron Mudofaa vazirligi ushbu raketa Fateh 313 deb nomlanganini e'lon qildi.