Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:11 / 22.08.2015
3294
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya IIV rahbari poyezdda o‘q uzgan jinoyatchini qo‘lga olgan ikki amerikalikka minnatdorchilik bildirdi
Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev Amsterdam-Parij poyezdida o‘q uzgan jinoyatchini xavfsizlantirgan ikki nafar AQSh fuqarosiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Kaznevning aytishicha, amerikaliklar “murakkab sharoitlarda jasurlik ko‘rsatganlar”.
Avvalroq Amsterdamdan Parijga ketayotgan tezyurar poyezdda noma'lum shaxs otishma sodir etgani oqibatida 3 nafar kishi jarohat olgani ma'lum qilingan edi.