15:25 / 22.08.2015
5237

KXDR muzokaralar haqidagi xabarda ilk bor Janubiy Koreyaning rasmiy nomlanishini ishlatdi

Koreya markaziy telegraf agentligi Janubiy Koreya bilan muzokaralar haqidagi xabarda ilk bor mamlakatni o‘zining rasmiy nomlanishini qo‘lladi.

Odatda o‘z qo‘shnisini “Janubiy Koreya” yoki “qo‘g‘irchoq” deb ataydigan Koreya markaziy telegraf agentligi bu safar “Koreya Respublikasi” istilohini qo‘llagan.

Avval xabar qilinganidek, ikki mamlakat o‘rtasidagi yuqori darajali uchrashuv bugun, 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 14:00da bo‘lib o‘tdi.

Top