Sport | 19:06 / 22.08.2015
2363
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Nyukasl»ni mag‘lub eta olmadi

22 avgust kuni «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» jamoalari o‘rtasidagi bahs orqali APLning 3-turiga start berildi.

"Old Trafford" o‘yingohida o‘tkazilgan bu bahsda hisob ochilmay qoldi va mezbonlar mavsumda ilk marta ochko yo‘qotishdi.

Qayd etish kerakki, Lui van Gaal shogirdlari shu tariqa ketma-ket 3 uchrashuvda ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Jamoa hisobida endilikda 7 ochko mavjud.

Angliya. Premer-liga. 3- tur
«Manchester Yunayted» — «Nyukasl» — 0:0

Manchester Yunayted – Romero, Smolling, Shou, Darmian (Valensiya, 77), Blind, Shnayderlin, Shvaynshtayger (Kerrik, 59), Yanuzay (Ernandes, 67), Mata, Depay, Runi.
Nyukasl – Krul, Mbemba, Edara, Kolochchini, Teylor, Anita, Kolbek, Veynaldum, Obertan (Toven, 69), Peres (Tiote, 78), Mitrovich (Sisse, 88).

Ogohlantirishlar: Darmian, 19; Shou, 70 — Aydara, 20; Obertan, 57.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish