Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
McDonald`s nonushta taomlarini kun davomida sotishni yo‘lga qo‘yadi
AQShda tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i McDonald's kun mobaynida nonushta sotishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bergan.
Shu yo‘l orqali kompaniya sotuvlar hajmini yiliga 2,5 foizga oshirmoqchi. Shuningdek, prognozlarga ko‘ra, bu orqali har bir savdo nuqtasining daromadi yiliga o‘rtacha 31 ming dollardan o‘sishi kutiladi.
Ayni vaqtda McDonald's so‘nggi 10 yil ichidagi eng jiddiy moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda.
Qayd etilishicha, yangi loyiha "Tuxumli MakMaffin" nomida bo‘ladi.
Biroz oldinroq, AQShda restoran va kafelarning asosiy daromadi tushlik va kechki ovqatdan ko‘ra, nonushtalar sotuvidan kelishi aniqlangandi.