17:15 / 22.08.2015
5643

Obama Kiyevga Rossiya bilan qurolli mojaroga bormaslikni tavsiya qilgani aytildi

AQSh prezidenti ma'muriyati Ukraina hukumatiga Moskva bilan qurolli mojaroga eltuvchi yo‘llarni aylanib o‘tishni tavsiya qilgan, deb yozmoqda Bloomberg.

Mazkur tavsiya 2014 yil avvalida Qrim referendum natijalariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kirganidan so‘ng Kiyevga yo‘llangan.

O‘z navbatida, Oq uyning murojaati buyruq emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgani qayd etilgan.

Xabarda keltirilishicha, Yevropa mamlakatlari murojaati ham ayni shu mazmunda bo‘lgan.

Top