Sport | 22:46 / 22.08.2015
4305
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Oliy ligasi: “Lokomotiv” “Bunyodkor”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va 19-turning qolgan uchrashuvlari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 19-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor”-“Lokomotiv” uchrashuvida “temir yo‘lchilar” mehmonda minimal hisob 0:1 bilan g‘alaba qozondilar. Uchrashuvning 15-daqiqasida Sanjar Shoahmedov uchrashuvdagi yagona to‘pni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.  

Bunyodkor – Lokomotiv – 0:1

Gol: S. Shoahmedov 15

19-turdan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro) – 0:0

Chetlatish: Sh.Gadoyev 35 - A.Ibragimov 82.

“Andijon” – “Qo‘qon-1912” – 1:2

Gollar: Otabek Haydarov 18, Otabek Haydarov 33, - 0:2. Anvar Berdiyev 45+1, - 1:2. 

“Olmaliq” – “Mash'al” – 1:3

Gollar: Nemanya Yovanovich 20 penalti - Zafar To‘rayev 17, Humoyun Murtazoyev 61, Humoyun Murtazoyev 69

“Neftchi” – “Metallurg”  – 2:1

Gollar: Sardor Rahmonov, 18,  Sherzod Hakimov, 48 - Saidjon Abdujabborov 10

“So‘g‘diyona" – “Navbahor” – 2:0

Gollar: Muzaffar Muzaffarov, 45, Sanjar Rashidov, 49