Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari uchun taqdim qilinadigan bepul ovqatlanish bekor qilindi
Qozog‘istonda maktab oshpazlari shoshilinch tarzda yangi taomlar ishlab chiqmoqdalar. Bunga Qozog‘istonda yangi o‘quv yilidan boshlab barcha maktablarda kichik sinflar o‘quvchilari uchun bepul ovqat berish bekor qilingani sabab bo‘lmoqda.
Endilikda o‘quvchilar o‘zlari nonushta va tushlik sotib oladilar. Tadbirkorlarning fikricha, bunday choralar nafaqat ota-onalar cho‘ntagiga, balki tadbirkorlarning cho‘ntagiga ham zarar yetkazadi. Ushbu muammoga diyetologlar ham qo‘shildi: ovqatda tejash o‘quvchilarning sog‘lig‘iga ta'sir qiladi.
Xromtau shahrida bolalar ovqatlarida iqtisod qilish o‘tgan yilning fevralidan boshlangan edi. Faqatgina kam ta'minlangan oilalar farzandlariga birinchi, ikkinchi taom va kompot bepul taqdim qilinadi. Bu davlat hisobidan amalga oshiriladi.
“O‘tgan yili bir o‘quvchining ovqatlanishi 153 tengega tushgan, bu yilda 175 tengeni tashkil qilmoqda. Taomnomada 3 kun go‘shtli, 4-kunda baliq, 5-kunda parranda go‘shtidan tayyorlangan taomlar va yana qo‘shimcha ravishda tvorog ham beriladi”, deb aytmoqda Akto‘be viloyati ta'lim boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i.
Oziq-ovqat akademiyasida bolani 300 tengedan arzonroqqa sog‘lom ovqat bilan to‘ydirish mumkinligiga shubha bilan qaramoqdalar. Aynan shu qiymatga mutaxassislar maktab tushligining minimal ko‘rinishini tuza olishdi. Bu taomnomada go‘sht, sut-qatiq mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar, sharbatlar – rivojlanayotgan organizm uchun barcha zarur oziqalar bor. Biroq diyetologlar o‘quvchilarning ota-onalari o‘z farzandlariga bunday foydali ratsionga pul berishlariga shubha bilan qarashmoqda.
Olma-ota va Ostonadagi maktablarda ovqatlanish narxi viloyatlar shaharlaridagidan 2-3 marotaba qimmatroq tushadi. Tadbirkorlar 1 sentabrdan narxlar yana oshishishi mumkinligini aytishmoqda. Tengening erkin suzishga qo‘yib yuborilishi o‘quvchilarning ovqatlanishiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatishi mumkin.