23:52 / 22.08.2015
5612

Rossiya TIV Yaponiya hanuzgacha Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha bahslashayotganini aytdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Kuril orollari guruhiga kiruvchi Iturup oroliga tashrifiga Tokioning norozilik bildirishi Yaponiya hanuzgacha Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha bahslashayotganidan darak beradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytidagi xabarda aytilmoqda. 

Rossiya TIVda “norozilikni bunday alfozda bildirish Yaponiyaning tarixiy haqiqat va Sharqiy Osiyo davlatlarida ko‘plab odamlarning o‘limiga va o‘n millionlab fuqarolarning aziyat chekishiga sabab bo‘lgan o‘sha mash'um urush xotirasiga hurmat bilan qarashi haqidagi so‘zlariga shubha bilan qarashga majbur qilmoqda” deyilmoqda.

Bundan avval Moskva hukumat a'zolarining ishchi jadvalini shakllantirishda Tokioning fikriga qarab ish tutilmasligini aytgan edi. Rossiya TIVda Kuril orollariga tashriflar bundan keyin ham davom etaverishi aytildi.

Top