Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda to‘qimachilik texnoparki quriladi
«O‘zbekengilsanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasi koreyalik hamkorlar bilan birgalikda Toshkentda to‘qimachilik texnoparki qurilishi loyihasini amalga oshirishning faol bosqichiga kirishdi.
Loyihaga ko‘ra, o‘z laboratoriyasiga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot instituti bilan ushbu texnopark Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti yonida joylashadi.
Qurilish ishlari kelgusi yilning yanvar oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda. Sarmoya hajmi 15 million AQSh dollarini tashkil etadi. Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi, Koreya Texnologiyalarni rivojlantirish instituti Koreya tomonidagi hamkorlar hisoblanadi.
Mazkur qurilish uchun guruh tuzilgan bo‘lib, u Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan birgalikda loyihalashtirish, dizayn hamda uskuna va jihozlarni tasniflash ustida ish olib boradi.