00:27 / 22.08.2015
3461

Xitoy Rossiyaga investitsiyalarni 20 foizga qisqartirdi

2015 yilning 7 oyida Xitoyning Rossiya iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 20 foizga kamayib ketdi. Bu haqda Xitoy tijorat vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Lin Tszi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

Yilning birinchi yarmida Xitoyning Rossiyaga investitsiyalar hajmi 25 foizga tushib ketgan edi. Tszining aytishicha, investitsiyalarning qisqartirilishiga rublning qadrsizlanib ketgani sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga bir qator tadbirkorlar joriy Rossiya-Xitoy iqtisodiy aloqalariga ijobiy qaramoqdalar.

“Avtomobil sanoati, qishloq xo‘jaligi va infratuzilmani rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq yirik Xitoy investitsion loyihalari ochilmoqda”, deb ta'kidlab o‘tdi Tszi.

2014 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoyning Rossiya iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 4 mlrd dollarga baholangan.

Top