Sport | 22:49 / 23.08.2015
2652
1 daqiqa o‘qiladi

“Manchester Siti” mehmonda “Everton”ni yutdi, “Uotford” va “Sautgempton” durrang natija qayd qilishdi

“Manchester Siti” mehmonda “Everton”ni yutdi, “Uotford” va “Sautgempton” durrang natija qayd qilishdi

“Manchester Siti” futbolchilari Angliya chempionatining 3-turida mehmonda “Everton”ni mag‘lub etishdi. Liverpulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:2 hisobida “shaharliklar” foydasiga hal bo‘ldi. To‘plarni 2-bo‘limda Aleksandar Kolarov va Samir Nasri kiritdilar.

Ushbu turning yana bir o‘yinida “Uotford” va “Sautgempton” klublari 0:0 hisobida durrang natija qayd qilishdi.

“Manchester Siti” 9 ochko to‘plab, APL musobaqa jadvaliga boshchilik qilmoqda.

Angliya Premer-ligasi. 3-tur

Everton (Liverpul) – Manchester Siti (Manchester) – 0:2
Gollar: Kolarov, 60 (0:1); Nasri, 88 (0:2).

Uotford (Uotford) – Sautgempton (Sautgempton) – 0:0