Jahon | 07:22 / 23.08.2015
2608
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada aviashouda falokatga uchragan samolyot uchuvchisi omon qoldi, biroq ahvoli juda og‘ir

Angliyaning Shorxem aviashousida falokatga uchragan samolyot uchuvchisi omon qolgan, biroq uning ahvoli juda og‘irligi aytilmoqda. Bu haqda G‘arbiy Sasseks grafligi politsiyasi ma'lum qildi.

“Shorxem-bay-Si shahrida A-27 avtotrassasi ustiga qulagan Hawker Hunter qiruvchi samolyoti uchuvchisi omon qolgan, biroq u juda og‘ir ahvolda. Falokat oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi”, deb aytilmoqda xabarda. Politsiya aviafalokat qurbonlari soni oshishi mumkinligini aytmoqda.

Aviashouda uchuvchi samolyotda yuqori uchuvchilik mahorati ko‘rinishlaridan biri – “o‘lim tuguni”ni bajarayotganda uni oxirigacha yetkazishga ulgurmay, A-27 trassasida yo‘lda ketayotgan mashinalar ustiga qulagan.

Britan OAVlari uchuvchi katapulta qilishga urinmaganini va falokat paytida samolyot kabinasida bo‘lganini ta'kidlashmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish