Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLning uchinchi turida shanba kungi o‘yinlardan keyin "Lester" peshqadamga aylandi
22 avgust kuni Angliyadagi 6ta shaharda APLning 3 tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Dastlab, "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Nyukasl" darvozasiga yo‘l topa olmay, golsiz durangga rozi bo‘ldi.
Shundan keyin o‘tkazilgan 5ta uchrashuvda barcha jamoalar gol ura olishdi.
O‘tgan mavsum so‘ngidagi g‘alabalar seriyasi orqali ligada jon saqlab qolgan "Lester" bu mavsum startini ko‘tarinki ruhda boshladi. Avvalgi turlarda "Sanderlend" va "Vest Xem"ni mag‘lub etgan "Lester" uchinchi turda jiddiy raqib "Tottenhem"ga to‘qnash keldi va bu o‘yinda ham ochko ishladi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. Mezbonlarning jazoirlik yarimhimoyachisi Riyod Marez bu o‘yinda ham gol urib, gollari sonini 4taga yetkazgan holda chempionat to‘purari bo‘lib turibdi. "Lester" esa 3 o‘yindan 7 ochko jamg‘argan holda 3 turning birinchi kun o‘yinlaridan keyi birinchi o‘rinda joylashgan. "Tottenhem" o‘tgan o‘yinlarda ham g‘alaba qozona olmagandi va hozircha 2 ochko bilan turnir jadvalining 15 o‘rnida qolmoqda.
Lester – Tottenxem 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 81 Alli, 1:1 – 82 Marez.
Lester – Shmeyxel, de Lat, Xut, Morgan, Shlupp, Marez (Uloa, 90), King, Drinkuoter (Inler, 80), Olbrayton (Kante, 78), Okadzaki, Vardi.
Tottenxem – Loris, Uoker, Alderveyreld, Vertongen, Devis, Dayyer, Meyson (Bentaleb, 88), Dembele (Kerroll, 77), Lamela (Alli, 65), Shadli, Keyn.
Ogohlantirishlar: Dembele (29), Lamela (31), Dayyer (60), Meyson (83), King (90).
O‘tgan turda "Arsenal"dan mag‘lub bo‘lgan "Kristal Pelas" esa bu turda "Aston Villa"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindagi barcha gollar mezbonlar hisobiga yozilgan. 71 daqiqada Denn hisobni ochgan bo‘lsa, 77 daqiqada mezbonlar himoyachisi Suare o‘z darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirgan. Sako 87 daqiqada g‘alaba to‘pini kiritgan. Alan Pardyu shogirdlari bu g‘alabadan keyin, 6 ochko bilan hozircha 4 o‘rinda turibdi. "Aston Villa" hisobidagi ochkolar 3taligicha qoldi - 12 o‘rin.
Kristal Pelas – Aston Villa 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 71 Denn, 1:1 – 77, avtogol Suare, 2:1 – 87 Sako.
Kristal Pelas – Makkarti, Uord, Denn, Dileyni, Suare, Makartur, Kabay (Yedinak, 82), Zaa (Geyl, 46), Panchon, Sako, Myurrey (Match, 46).
Aston Villa – Gyuzan, Bakuna, Richards, Klark, Amavi, Guyye, Sanches (Traore, 69), Vestvud, Agbonlaxor, Jyested, Grilish.
Ogohlantirishlar: Uord (18), Kabay (50), Jyested (55), Klark (84), Bakuna (86), Panchon (90).
Turning eng ko‘p gol urilgan uchrashuvi Londonda, "Vest Xem" va "Bornmut" uchrashuvida bo‘lib o‘tdi. Liga debyutanti "Bornmut" avvalgi ikki turda "Aston Villa" va "Liverpul"ga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatsada, 0:1 hisoblarida mag‘lubiyatga uchragandi. "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda esa jamoaning asosiy hujumchisi Uilsonning o‘yini ochildi va u 3ta golga mualliflik qildi. O‘yinda muxlislar jami 7ta golga guvoh bo‘lishdi. Birinchi taymda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan Slaven Bilich shogirdlari ikkinchi taym avvalida hisobni tenglashtirishgandi. Lekin himoyadagi xatolar, qolaversa, Jyenkinsonning 11 metrli jarima zarbasi belgilanishiga sabab bo‘lgan qo‘polligi va o‘yindan chetlatilishi oxir-oqibat 3:4 hisobidagi mag‘lubiyatga olib keldi. Bu o‘yindan keyin "Vest Xem" va "Bornmut" 9 hamda 10 o‘rinlarda ketma-ket joylashishgan.
Vest Xem – Bornmut 3:4 (0:2, 3:2)
Gollar: 0:1 – 11 Uilson, 0:2 – 28 Uilson, 1:2 – 48, penalti Nobl, 2:2 – 53 Kuyate, 2:3 – 66 Pyu, 2:4 – 79, penalti Uilson, 3:4 – 82 Maiga.
Vest Xem – Rendolf, Jyenkinson, Rid, Ogbonna (Tomkins, 35), Kressuell, Obiang, Nobl, Kuyate, Payye, Nolan (Djarvis, 46), Sako (Maiga, 73).
Bornmut – Boruts, Frensis, Elfik, Kuk, Deniels, Ritchi (Smit, 90), O`Keyn, Serman, Gradel (Gosling, 85), Uilson, King (Pyu, 51).
Ogohlantirish : Boruts (75).
Chetlatish: Jyenkinson (79).
Kecha shuningdek, "Norvich"-"Stok Siti" hamda "Sanderlend" - "Suonsi" bahslari o‘tkazilib, ularda bir xilda 1:1 hisoblari qayd etildi. O‘yinlardagi gollar jamoalarning asosiy hujumchilari Martin ("Norvich"), Diuf "(Stok Siti"), Defo ("Sanderlend") hamda Gomis ("Suonsi") hisoblariga yozildi. Bu o‘yinlardan keyin "Suonsi" 5 ochko bilan 6 o‘rinda, "Sanderlend" 1 ochko bilan oxirgi o‘rinda turibdi. "Norvich" (4 ochko) 8 o‘rinda, "Stok Siti" (2 ochko) esa 14 o‘rinda qoldi.
Norvich – Stok Siti 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 11 Diuf, 1:1 – 28 Martin.
Norvich – Raddi, Uittaker, Martin, Bassong, Breydi, Redmond, Dorrans, Tetti, Xauson (O`Nil, 86), Xulaxan (Djonson, 77), Djyerom.
Stok Siti – Batlend, Djonson, Kemeron, Munesa, Piters, van Ginkel (Adam, 79), Uelan, Shakiri, Afellay (Ayrlend, 57), Arnautovich (Xoselu, 57), Diuf.
Ogohlantirishlar: Martin (45), Bassong (47), Tetti (62), Uittaker (82), Piters (85).
Sanderlend – Suonsi 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 45 Gomis, 1:1 – 62 Defo.
Sanderlend – Pantilimon, Djons, Koates, O′Shi, van Anxolt, Kettermoul, Lens (Larsson, 90), Mvila, Roduell, Defo (Uotmor, 86), Grem (Fletcher, 67).
Suonsi – Fabianski, Noton, Fernandes, Uilyams, Teylor, Kork, Shelvi, Ayyu, Sigurdsson, Montero, Gomis (Eder, 76).
Ogohlantirishlar: Lens (18), Kettermoul (21), Koates (47), Ayyu (54), van Anxolt (82), Sigurdsson (90).
Bugun va ertaga grand jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi. "Chelsi" "Vest Bromvich" maydoniga safar qilsa, "Sautgempton" "Uotford" bilan o‘ynaydi. "Everton" esa "Manchester Siti"ni qabul qiladi.
Turning eng markaziy uchrashuvi 24 avgust kuni Londonda "Arsenal" va "Liverpul" o‘rtasida o‘tkaziladi.