Sport | 16:34 / 23.08.2015
2145
2 daqiqa o‘qiladi

De Bryuyne «Manchester Siti»ga o‘tadi va yiliga 14,5 mln yevro maosh oladi

"Volfsburg” klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne faoliyatini “Manchester Siti” jamoasida davom ettiradi.

The Times nashrining ma'lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 50 million funtni (70 million yevro) tashkil qiladi. 24 avgust kuni de Bryuyne rasman “Siti” futbolchisi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

L’Equipe nashrida yozilishicha, belgiyalik 24 yoshli futbolchining Angliyadagi haftalik maoshi 200 ming funtni (yiliga 14,5 mln yevro) tashkil qiladi va u bilan besh yillik shartnoma tuziladi.

Avvalroq, "Siti"ning 66 mln yevrolik taklifi rad qilingan va “Volfsburg” o‘yinchini 80 million yevroga sotishga tayyorligi haqida ma'lumot tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, de Bryuyne o‘tgan mavsumda jamoa bilan 34ta o‘yinda ishtirok etib, 15ta gol hamda 25ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Qayd etish kerakki, "shaharliklar" yangi mavsum uchun "Liverpul"dan Rahim Sterling (49 mln funt), "Aston Villa"dan Fabian Delf (8 mln funt) va "Valensiya"dan Nikolas Otamendini (32 mln funt) evaziga transfer qilib ulgurgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish