Jahon | 21:18 / 23.08.2015
5883
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada talaba qiz uy-joy uchun ijara haqi to‘lamaslik maqsadida poyezdlarda yashay boshladi

Germaniyada talaba qiz uy-joy uchun ijara haqi to‘lamaslik maqsadida poyezlarda yashay boshladi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Leoni Myuller ismli talaba qiz joriy yilning bahorida o‘zi yashaydigan kvartiraning egasi bilan tortishib qolib, u yerdan chiqib ketdi. Talabaning aytishicha, u shu zahotdan boshlab umuman kvartirada yashamaslikka qaror qildi. Buning o‘rniga u mamlakatdagi istalgan poyezdga bepul o‘tirishga ruxsat beruvchi abonement sotib oldi. Endilikda Myuller boshini vokzalda yuvadi, kollejda berilgan topshiriqlarni esa poyezdda bajarib ketadi.

Qizning aytishicha, bunday hayot tarzi unga doimiy ta'til hissini beradi. “Men odamlarni ular o‘zlarining odatlarini qayta ko‘rib chiqib, ular normal deb hisoblaydigan narsalarga boshqacha ko‘z bilan qarashlariga ilhomlantirmoqchiman,”, deb aytdi qiz.

Myuller o‘zining antiqa tajribasini o‘zining blogida yoritib boradi va uning asosida kollej uchun tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish