14:55 / 23.08.2015
11572

Janubiy Koreya AQShdagi 6ta qiruvchi samolyotini zudlik bilan ortga qaytardi

Janubiy Koreya hukumati mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda AQShdan o‘zining oltita harbiy-qiruvchi samolyotini ortga chaqirib oldi. Bu haqda "Yonhap" agentligi xabar bergan.

Ushbu F-16D qiruvchi samolyotlari 10 avgust kuni boshlangan Red Flag Alaska nomli harbiy mashg‘ulotda ishtirok etishi uchun AQShga jo‘natilgandi.

Pxenyan 1 haftadan buyon chegaraga o‘rnatilgan radiokarnaylarning olib tashlanishi va o‘ziga qarshi targ‘ibotlar to‘xtatilishini talab qilmoqda. Janubiy Koreya esa bu shartlarni bajarishdan bosh tortmoqda.

Biroz oldinroq, Janubiy Koreya hukumati KXDRning qurolsizlantirilgan hududda joylashtirilgan og‘ir artilleriya qurollari hajmi 2 barobarga ortgani haqida ma'lum qilgandi.

Top