Jahon | 18:22 / 23.08.2015
2529
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda Eron elchixonasi qaytadan ish boshladi

Eronning Londondagi elchixonasi o‘z faoliyatini tikladi. Bu voqea Buyuk Britaniyaning Tehrondagi elchixonasi qaytadan ochilishi bilan bir kunda ro‘y berdi.

Ushbu diplomatik missiya 2011 yilda namoyishchilarning hujumidan keyin yopilgan. Ular G‘arb tomonidan Eronga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishiga qarshi chiqishgan edi.

Bundan oldinroq, 23 avgust kuni Eron poytaxti Tehron shahrida Buyuk Britaniya elchixonasining qaytadan ochilishi marosimi o‘tkazilishi va bu marosimda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri hisoblanadigan Filipp Xammondning ishtirok etishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish