Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:09 / 23.08.2015
4043
1 daqiqa o‘qiladi
Noma'lum shaxslar 11 nafar turkiyalik bojxona xizmatchisini o‘g‘irlab ketdi
Noma'lum jangarilar guruhi Eron bilan chegaradagi 11 nafar bojxona nozirlarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar qilgan.
Ma'lum qilinishicha, bu hodisa chegaradagi Kapikoy punktida ro‘y bergan.
Turkiya bosh shtabida bu ish "separatchi terroristik tashkilot" tomonidan amalga oshirilgani haqida aytilgan.
Qayd etilishicha, turklar bu orqali Kurdiston ishchilar partiyasini nazarda tutishgan.
Xabar qilinishicha, o‘g‘irlangan chegara xizmatchilaridan biri va haydovchi tutqunlikdan ozod etilgan.