Nyu-Jyersidagi uylardan biriga ona ayiq 5ta bolasi bilan cho‘milish uchun keldi
AQShning Nyu-Jyersi shtatida yashovchi oila o‘z uyida issiqdan qiynalgan ona ayiq va uning 5 bolasini "mehmon qildi". Uy egalari bu chaqirilmagan mehmonlarni ichkaridan qulflangan binoning ikkinchi qavatida turib, tasvirga olishgan.
Videodan ko‘rish mumkinki, ona ayiq hovlidagi basseynda xumordan chiqqunicha cho‘miladi, ayiqchalar esa hovlidagi turli sport inventarlaridan foydalanib ko‘rishadi va o‘yinchoqlarni dumalatib yurishadi.
Uy sohibining aytishicha, u rafiqasi va 2 nafar qizi bilan birgalikda 1 soat davomida ayiqlarning ketishini kutib, yuqori qavatda ularning harakatlarini kuzatib turishgan.
Ayni vaqtda AQShning bir necha shtatlarida yuqori harorat tufayli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda va jonivorlar odamlarning yordamiga muhtoj bo‘lib qolmoqda.