O‘zbekiston | 23:34 / 23.08.2015
1943
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Broadcast Solutions kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Germaniyaning Broadcast Solutions kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida televizion ko‘rsatuvlarni efirga HD formatda tayyorlash va uzatishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Anjuman ishtirokchilari interfaol rejimda harakatlanuvchi televizion stansiyalarning suratga olish va efirga uzatish qurilmalari rivojlanishining istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

O‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tishga doir davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda hamda O‘zbekiston MTRK texnik va ijodiy xodimlarining bilimlari va kasb malakalarini oshirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Broadcast Solutions kompaniyasi mediaboshqaruv va yo‘ldoshli aloqa, video va audio tizimlarni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy televizion qurilmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropada yetkachi o‘rin egallaydi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan kompaniyaning harakatlanuvchi televizion stansiyalari jahonning ko‘plab televizion tashkilotlari tomonidan samarali ravishda ishlatib kelinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish