Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda Buyuk Britaniya elchixonasi qaytadan ochilmoqda
23 avgust kuni Eron poytaxti Tehron shahrida Buyuk Britaniya elchixonasining qaytadan ochilishi marosimi o‘tkaziladi.
Elchixonaning ochilish marosimida 2003 yildan buyon Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri hisoblanadigan Filipp Xammondning ishtirok etishi kutilmoqda.
Buyuk Britaniyaning Eronga tayinlanadigan elchisining nomi hali oshkor etilmagan.
Ushbu diplomatik missiya 2011 yilda namoyishchilarning hujumidan keyin yopilgan. Ular G‘arb tomonidan Eronga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishiga qarshi chiqishgan edi.
2013 yilning kuzida Eron va Buyuk Britaniya o‘zaro diplomatik aloqalarni qayta tiklagandi.
The Guardian nashrining ma'lumotiga ko‘ra, diplomatik munosabatlar tiklanishiga qaramasdan, siyosiy vaziyat tufayli elchixonaning ochilish muddati ortga surilib kelayotgandi.
O‘tgan oyda Buyuk Britaniya Tehrondagi elchixonasi faoliyatini qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.