Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning birinchi prezidenti Kravchuk Poroshenko Donbassdan o‘zini to‘sib olishga yaqin ekanligini aytdi
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassdan o‘zini to‘sib olish qaroriga yaqin ekanligini aytdi.
“Donbass bilan qanday yo‘l tutish kerak? Bosib olingan hududlarda nafaqat bandit va ayirmachilar, balki vatanparvarlar ham bor. Ularga yordam berish mushkul va hozir buning iloji yo‘q... Shuning uchun o‘z-o‘zini aldashning keragi yo‘q. Bosib olingan yerlardan o‘zini to‘sib olish kerak. Butun dunyoda shunday qilinadi. Men Poroshenko bunday qarorga yaqin ekanligini bilaman”, deb aytdi Kravchuk UUN agentligiga.
Bundan tashqari Ukraina konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan Kravchuk asosiy qonunga tuzatishlarni 25 oktabrda o‘tkaziladigan mahalliy saylovlardan keyin kiritish kerakligiga ishonch bildirdi.
“Bu saylovlar qanday o‘tishi, qanday o‘zgarishlar olib kelishini ko‘rish kerak. Undan keyin konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish lozim. Ehtimol bu noyabrda yoki dekabrda bo‘lishi mumin. Biroq undan ortiqqa cho‘zish yaramaydi. Chunki o‘zgarishlarsiz Ukrainaning rivojlanishi bo‘lmaydi”, deb ta'kidlab o‘tdi sobiq prezident.