Jahon | 01:35 / 23.08.2015
4944
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi

Xitoyning Shandun viloyatida kimyo zavodida kuchli portlash yuz bergan, so‘ngra zavod hududida yong‘in chiqqan, deb xabar berilmoqda People's Daily, China tvitterida.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Qayd etilishicha, portlash joyidan 1 km uzoqlikda turar-joy binolari joylashgan. Portlash kuchi bir necha kilometr radiusda ham sezilgan.

Hozircha jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot olinmagan.

Sina axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan 20:40 da (Toshkent vaqti bilan 17.40) sodir bo‘lgan. Portlash kuchidan yaqin oradagi binolarning oynalari chil-parchil bo‘lib ketgan. Hozircha portlashga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.

Portlash Tyantszin shahrida yuz bergan vayronakor portlashdan keyin 10 kun o‘tib sodir bo‘ldi.