Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilda 1,5 mln kishi haj ibodatini ado etadi
2015 yilda muqaddas Makka shahri va uning atrofida taxminan 1,5 mln kishi haj ibodatini ado etadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj vazirligi ma'lum qildi.
Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko‘ra, yakshanba, 23 avgust kuni qirol maslahatchisi, Makka ma'muriy okrugi amiri Xolid al-Fesal rahbarligida hajni tashkil etish markaziy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uning qayd etishicha, 2015 yilda Makkaga xorijdan 1,35 mln, mamlakatning ichki hududlaridan 185 ming nafar hojilarning kelishi kutilmoqda. Bugunga qadar esa taxminan 100 ming kishi qirollikka kelib ulgurdi.
Muqaddas Makka shahridagi 2015 yilgi haj mavsumi 20 sentabrda boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda 2 milliondan ziyod ziyoratchilar haj ibodatini ado etgan edi. O‘zbekistondan esa 2015 yilda 5,2 ming atrofidagi ziyoratchi islom dinining beshta asosiy ruknidan birini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi.