Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brent markali neftning bir barreli 45, WTI - 40 dollarga pastladi
Birja savdolari ochilishida Brent markali shimoliy dengiz neftining bir barreli Xitoy iqtisodiyotidagi holat bilan bog‘liq ravishda 2009 yildan buyon ilk bor 45 dollardan past bahoda narxlandi.
Toshkent vaqti bilan coat 9:230da Brent markali neftning oktabr fyuchers shartnomalaridagi qiymati 2,02 foizga kamayib, 44,54 dollarni tashkil etdi.
O‘z navbatida, fyuchers shartnomalaridagi WTI markali neftning narxi ham 2,5 foizga pastlab, bir barreli uchun 39,44 dollar baholandi.
Avvalroq Osiyo birjalari ham jiddiy pastlashuvlar bilan ochilgani xabar qilingan edi.