Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 07:24 / 24.08.2015
2989
1 daqiqa o‘qiladi
Dominikanlik bokschi beldan pastga qayta tushirgan zarbalari uchun jangdan chetlatildi
Dominikan Respublikasi bokschisi Ranses Payano Ozarbayjon vakili Ramal Omonov bilan jangi paytida beldan pastga qayta tushirgan zarbalari uchun jangdan chetlatildi.
Uchrashuv hakami bokschining bunday birinchi xatti-harakati uchun undan ikki ochko olib tashladi, biroq u ikkinchi bor bu harakatni takrorlagach, jangdan chetlatildi.
Shu tariqa, Omonov 63,5 kg gacha vazn toifasida WBA International kamari sohibi bo‘ldi.