Sport | 08:18 / 24.08.2015
1765
3 daqiqa o‘qiladi

Fransiya chempionatida 3 turdan so‘ng "PSJ" yaqqol peshqadamga aylandi

Fransiyada 21-23 avgust kunlari davomida o‘tkazilgan 3 tur o‘yinlaridan keyin Parijning "PSJ" jamoasi 9 ochko bilan turnir jadvalining eng yuqorisiga joylashgan. Jamoa 100 foizlik ko‘rsatkich qayd etish bilan birga o‘z darvozasi daxlsizligini ham saqlab qolmoqda.

"PSJ" 3 turni safarda "Monpele"ga qarshi o‘tkazib, Blez Matyudining goli evaziga g‘alaba qozonib qaytdi.

Keyingi o‘rinlarda joylashgan "Bastiya", "Anjyer" va "Nant" jamoalari 7 ochkodan to‘plashgan. "Bastiya" 3 turda "Gengam"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi, liga debyutanti "Anjyer" esa safarda boshqa bir debyutant "Gazelek Ayachcho"ni 2:0 hisobida taslim etib qaytdi, "Nant" esa o‘z maydonida "Reyms"dan ustun keldi - 1:0.

"Lion" kutilmaganda "Renn"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach, 4 ochko bilan 12 o‘ringa tushib ketgan.

Asosiy futbolchilari Andre Ayyu, Jinyak, Payye, Toven va bosh murabbiyi Marselo Belsadan ayrilgan "Marsel" esa o‘ziga kelmoqda. Ketma-ket 2 o‘yinda mag‘lubiyatlar qayd etgan jamoa 3 turda o‘z maydonida "Trua" darvozasiga javobsiz 6ta gol yo‘lladi. Marselliklar "Lion"dan keyingi 13-o‘rinni egallab turishibdi.

O‘tgan mavsumda kuchli o‘yin namoyish etgan "Monako"ning ahvoli ham kutilganidek emas. Monakoliklar 3 uchrashuvdan 5 ochko jamg‘arishgan va jadvalning 8-o‘rnini egallashgan.
Turnir jadvalining eng quyi qismida esa "Trua", "Gazelek Ayachcho", "Monpele" va "Gengam" joylashgan.

Keyingi tur o‘yinlari 28 avgust kuni boshlanadi.

Monpele – PSJ 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 60 Matyuidi.
Ogohlantirishlar: Bensebayni (45), Matyuidi (49), Budebuz (55), Motta (74).

Nant – Reyms 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76 Lenyani.
Ogohlantirishlar: Sigtorsson (13), Kankava (40), Veber (57), Mfulu (65).

Gazelek Ayachcho – Anjyer 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 2 Ndoyye, 0:2 – 20 Ndoyye.
Ogohlantirishlar: Lemuan (13), Andre (31), Toma (73), Keff (90).

Nitstsa – Kan 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 66 Ben-Arfa, 1:1 – 67 Delor, 2:1 – 77 Plea.
Ogohlantirishlar: Nanjis (45), Kozello (71), Seb (72), Lui (82).

Bastiya – Gengam 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Palmeri, 2:0 – 39, avtogol Baka, 3:0 – 90 Kulibali.
Ogohlantirishlar: Dembele (51), Ayite (53), Sorbon (61), Djiku (69), de Po (83).

Tuluza – Monako 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 22 Dumbiya, 1:1 – 65 Lemar.
Ogohlantirishlar: Uolles (51), Ture (58), Traore (79), Bernardu Silva (87).

Lion – Renn 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 7 Pedro Enrike, 1:1 – 12 Fekir, 1:2 – 55 Zeffan.
Ogohlantirishlar: Diane (48), Fernandes (58), Pedro Enrike (60), Fekir (85).

Marsel – Trua 6:0 (1:0, 5:0)
Gollar: 1:0 – 19 Barrada, 2:0 – 47 Diarra, 3:0 – 56 Batshuayi, 4:0 – 63 Okampos, 5:0 – 87 Alessandrini, 6:0 – 90 Batshuayi.
Ogohlantirishlar: Lemina (28), Perea (69).

Loryan – Sent-Eten 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 87 Amuma.
Ogohlantirishlar: Sall (31), Amuma (60), Monne-Pake (66).
Chetlatish: Lekomt (1).

Lill – Bordo 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Pundjye (30), Ture (40), Boteak (52), Pallua (60), Yambere (63), Shantom (77).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish