09:48 / 24.08.2015
4775

"IShID" jangarilari Palmira shahridagi 2 ming yillik ibodatxonani portlatib yubordi

“IShID” jangarilari Suriya markaziy qismidagi Palmira shahrida barpo etilgan qadimiy Baal-Shamin ibodatxonasini portlatib yubordi, deya xabar bermoqda VVS.

Qadimiy semit ma'budlari sharafiga eramizning II asrida bunyod etilgan inshoot antik davrdan keyingi eng mashhur ibodatxonalardan biri hisoblanar edi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash yana bir qator qadimgi Rim kolonnalariga ham shikast yetkazgan.

YuNeSKOning jahon madaniy merosi obekti hisoblangan Palmira shahri ustidan nazorat 2015 yil may oyida "IShID" jangarilari qo‘liga o‘tgan edi.

Bir necha kun avval esa "IShID" jangarilari 82 yoshli arxeolog, Palmiradagi qadimiy majmua bosh nazoratchisi Xolid Asaadni qatl qilgandi.

Top