Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov hozirgi Rossiya-Xitoy munosabatlarini “tarixdagi eng yaxshisi” deb atadi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ikkinchi jahon urushi xalqaro muammolarni birgalikda hal qilish zarurligini uqdiruvchi saboq ekanligini aytdi. Bu haqda Lavrov o‘zining “Rossiyskaya gazeta” nashri uchun maqolasida aytib o‘tdi.
“Ittifoqchilik kayfiyati va umuman Ikkinchi jahon urushi saboqlari dunyo hamjamiyati oldida turgan katta miqyosdagi xavflarga samarali javob berishni qidirish yo‘lida jamoaviy ishning muqobili yo‘qligini tasdiqlaydi, yangi mojarolarning oldini olish uchun mohiyatan yagona yo‘l hisoblangan, o‘zaro hurmatga asoslangan teng huquqli hamkorlikning qadriyatlaridan darak beradi”, deb aytdi Lavrov.
Lavrov Rossiya-Xitoy munosabatlari aynan shunday munosabatlarga tayanishini aytib, “uning hozirgi ko‘rinishi tarix davomidagi eng yaxshisi ekanligi va bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganini” qo‘shimcha qilib o‘tdi.