Mashhur pazanda Stalik Xankishiyev UzReport telekanaliga intervyu berdi
Kuni-kecha UzReport TV telekanali suratga olish guruhi Moskvadan ishchi safardan qaytib keldi. Guruh u yerda mashhur pazanda Stalik Xankishiyevning uyida mehmon bo‘ldi.
Stalik Xankishiyev sharq oshxonasi, xususan o‘zbek pazandaligi bilag‘oni, u haqida barcha narsani biladigan mohir pazanda hisoblanadi. Shu bilan birga u o‘zbek pazandalik san'atini targ‘ib qiluvchi eng yorqin shaxslardan biridir.
Qayd etish joizki, pazanda, yozuvchi, faylasuf Stalik Xankishiyev uch marotaba pazandalik kitoblariga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro tanlovlar sohibi hisoblanadi. U 2013 yilda Ozarbayjon oshxonasiga bag‘ishlangan “Bozor, qozon va dasturxon”, 2014 yilda “Manqal” deb nomlangan kitoblari bilan tanlovlar g‘olibi bo‘lgan. Xankishiyev joriy yilda Frankfurt kitob yarmarkasida ishtirok etib, u yerda namoyish qilingan kitoblar haqida UzReport TV muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Xankishiyev 2015 yilda o‘zbek oshxonasiga bag‘ishlangan “Qozon” deb nomlangan kitobi uchun Pekindagi tanlov g‘olibi bo‘ldi.
Xankishiyev taomlarni nafaqat ajoyib tayyorlaydi, ular haqida mazali va ajoyib tarzda so‘zlay oladi, balki har bir taomning tayyorlanishiga matematik aniqlik bilan yondoshadi.
Xankishiyev musiqa bilan pazandalik o‘rtasida qanday umumiylik borligi, pazandalik sirlarini kimdan o‘rgangani, nima uchun qozonda tayyorlangan taom mazaliroq bo‘lishi va boshqa ko‘p narsalar haqida UzReport TV’ning “Intervyu” dasturida gapirib berdi.