16:39 / 24.08.2015
2660

Messi penalti tepishda Ronaldudan ko‘ra ikki marta ko‘proq xato qilgan

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 1 turidan o‘rin olgan «Atletik»ka qarshi uchrashuvda (1:0) penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Natijada, uning kataloniyaliklar safida 11 metrlik nuqtadan bergan noaniq zarbalari ko‘rsatkichi 64ta imkoniyatdan 14 xatoga yetdi (muvaffaqiyatsiz zarbalar foizi – 22,2 foiz).

Qayd etib o‘tish joiz, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning bu boradagi ko‘rsatkichi 10,9 foizni tashkil qiladi (63ta penaltidan 7ta xato zarba).

Top