16:56 / 24.08.2015
14085

O‘zbek shou-biznesi sayti Shahzoda Muhamedovani xodimlarni so‘kkani va po‘pisa qilgani uchun sudga berdi

Ilgariroq aktrisa Shahzoda Muhamedova Shok.uz sayti xodimlarini uning obro‘ini to‘kadigan maqola chop etganlikda ayblab, saytni sudga berganligi haqida ma'lum qilindi. Endilikda, “Darakchi” gazetasida yozilishicha, sayt xodimlari aktrisani sudga berishdi.

“Yana bir bor aytaman, saytdagi anonim maqolaning Shahzoda Muhamedovaga hech qanday daxli yo‘q! Aktrisa negadir bu maqolani o‘ziga tegishli, deb hisoblab, maqolani saytdan o‘chirib tashlashimizni po‘pisa bilan talab qildi. Eng yomoni, aktrisa bizni tilga olib bo‘lmaydigan gaplar bilan haqoratladi”, – dedi sayt xodimi Oybek.

“Oybek Shahzoda Muhamedovaning sayt xodimlariga yozib jo‘natgan SMS xabarlari, audioyozuvlarini taqdim etdi. SMS’ni o‘qib, audioyozuvni eshitib, hayratdan yoqa ushladik. Nahotki shu biz bilgan Shahzoda Muhamedova bo‘lsa?”, – deyiladi materialda.

Shu tariqa, avvaliga aktrisa saytni sudga bergan bo‘lsa, endi asossiz haqorat va tuhmat uchun sayt xodimlari Shahzodani sudga berishdi.

Top