15:51 / 24.08.2015
3961

O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi hamkorlik bitimi kuchga kirdi

2015 yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Braziliya federativ respublikasi hukumati o‘rtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim kuchga kirdi.

Bitimga ko‘ra tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ko‘radilar.

Jumladan, O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida mahsulotlar importi va eksporti chog‘ida tomonlarga boj to‘lovlari va soliqlarga taalluqli eng qulay rejim yaratiladi.

Hujjatning to‘liq matni lex.uz saytida chop etiladi.

Top